Lebyof «MYu» sotib olishi kerak bo'lgan futbolchi nomini aytdi

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyof keyingi mavsum oldidan jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish uchun «Manchester Yunayted» qaysi futbolchini sotib olishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.
«O'ylaymanki, Uorren Zair-Emerining transferi «Manchester Yunayted» uchun ajoyib xarid bo'lar edi, ammo muvaffaqiyatga erishishi uchun unga atrofidagi o'yinchilar kerak bo'ladi.
Menga Maykl Kerrik va uning «ManchesterYunayted» uchun qilgan ishlari juda yoqadi. Qolaversa, u Zair-Emerining pozitsiyasida o'ynagan. Shuning uchun, unga qanday qilib yaxshiroq bo'lish borasida ajoyib maslahatlar berishiga deyarli ishonchim komil. Bu Uorren uchun zo'r qadam bo'lishi mumkin edi.
Zair-Emeri — haqiqiy jangchi. U o'zi o'ynayotgan jamoa uchun o'zini qurbon qilishga tayyor. Bu aniq. U tayyor bo'ladimi? Hozircha ishonchim komil emas. U ajoyib mavsumni o'tkazdi. Uni yaxshi yakunladi, lekin dastlabki olti oyda qiyinchiliklarga duch keldi. Shu sababli Uorren aksariyat o'yinlarda maydonga tushmadi. Ehtimol, klubda qolish yoki qolmaslik borasida ikkilangani uchundir», — deya Lebyofning so'zlarini keltiradi Tribal Football.