Lebef: "U 100 foiz tayyor bo'lmasa, maydonga tushmasligi kerak"

Frenk Lebef Koul Palmerning "MYu"ga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"Chelsi" Angliya premer-ligasining 5-turida 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. 6-daqiqada jamoa darvozabon Robert Sanchesning chetlatilishi tufayli bir kishiga kam qoldi.
O'shanda londonliklar bosh murabbiyi Entso Mareska ikki o'zgarish kiritgan edi, Palmer esa keyinroq 21-daqiqada almashtirildi.
"Agar Palmer 100 foiz tayyor bo'lmasa, u o'ynamasligi kerak. Ayniqsa, murabbiy ixtiyorida 200 ta o'yinchi mavjud bo'lgan "Chelsi"da.
Agar hujumchilardan birini almashtirish zarur bo'lsa, avvalo Pedro Netuni emas, balki 100 foiz tayyor bo'lmagan Palmerni chiqarish kerak edi.
Bu Entso Mareskaning ahmoqona qarori," - dedi "Chelsi"ning sobiq himoyachisi Frank Lebef.