«Milan» va Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leau faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishi mumkin.

«Shporlar» 27 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar o'tkazishga ulgurdi. TEAMtalk nashrining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi ushbu o'tishga tayyor ekanligini bildirgan. «Rossonerilar» yulduzini Angliya Premer-ligasida to'p surish istiqboli o'ziga jalb qilmoqda.

Rafael Leauni sotib olish imkoniyatini, shuningdek, «Barselona», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari ham ko'rib chiqmoqda. Futbolchining o'zi transfer oynasi ochilishidan oldinroq «Milan»ni tark etish va yangi chempionatda o'z kuchini sinab ko'rish istagi borligini ommaviy ravishda e'lon qilgan edi.

Transfermarkt portali Leauning transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz