Leauning hafsalasini pir qilishgan edi

Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau Portugaliya klubi "Benfika" haqida gapirdi.
"Benfika meni sotib olishni xohlardi. Otam rozi bo'ldi, chunki u bu klubni qo'llab-quvvatlardi. Biz shartnoma imzoladik, lekin mashg'ulotlarga borish uchun mashinamiz yo'q edi.
Klub bizni transport bilan ta'minlashga va'da berdi. Men kutdim. Biroq mashina hech qachon etib kelmadi. Bir hafta o'tgach, biz "Sporting" variantiga o'tdik", - dedi Leau.