«Milan» va Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leau Krishtianu Ronaldu haqida yuqori fikrda ekanini bildirdi.

«U yosh o'yinchilarga yordam berishga intiladigan ko'ngli ochiq inson va men buni juda qadrlayman.

U hatto 41 yoshida ham birinchi raqamli bo'lishni xohlaydigan shaxs. U yosh futbolchilarni ruhlantiradi», – dedi Leau.