«Milan» hujumchisi Rafael Leau klub almashtirishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 26 yoshli futbolchi yaqin orada Italiyani tark etish niyatida ekanligini allaqachon tan oldi. Yaqinda bergan intervyusida portugaliyalik yulduz faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekanligini ochiqladi.

«Men A Seriyadan tashqarida yangi chorlovni qabul qilmoqchiman. Angliya Premer-ligasini katta qiziqish bilan kuzatib boraman — agar u erda yoki La Ligada o'ynash imkoniyati paydo bo'lsa, juda xursand bo'lardim. Menimcha, bu chempionatlarda mening iqtidorim yanada yorqinroq namoyon bo'lgan bo'lardi. Ko'ramiz, bu yozda nimalar sodir bo'lar ekan», — dedi hujumchi SportTV bilan suhbatda.

Leau 2019 yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. 10 iyun kuni «rossonerilar» yulduzi 27 yoshni qarshi oladi.