Rafael Leau «Galatasaroy»ga o'tishi mumkin.

Calciomercato jurnalisti Daniele Longoning ma'lum qilishicha, Turkiya klubi «Milan» vingeriga yiliga 8 million evro maosh va 2 million evro miqdoridagi bonuslarni o'z ichiga olgan shartnoma taklif qilmoqda.

Italiya klubi futbolchining transferi uchun taxminan 60 million evro talab qiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Leau «rossonerilar» safini tark etishini ma'lum qilgan edi. U o'tgan mavsumda A Seriyada 29 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.