Laymer «Bavariya» bilan shartnoma uzaytirilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Konrad Laymer Germaniya grandi bilan yangi mehnat shartnomasi imzolangani haqida gapirib o'tdi. Tomonlar hamkorlikni 2029 yilgacha uzaytirishdi.
«Men bu erda o'ynayotganimdan juda xursandman. «Bavariya» sharafini himoya qilish menga zavq bag'ishlaydi. Jamoaga turli pozitsiyalarda yordam bera olaman, jamoa farovonligi yo'lida bor kuchimni berishga tayyorman. Yangi mavsum boshlanishini katta intizorlik bilan kutyapman», — deya avstriyalik futbolchining so'zlarini klub matbuot xizmati keltirmoqda.
O'tgan o'yin kampaniyasida 29 yoshli avstriyalik futbolchi 47 ta bahsda ishtirok etdi. Laymer uchta urilgan gol va 12 ta golli uzatma bilan ajralib turdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar