Lautaro Martinesning otasi hujumchi «Inter»ni tark etmasligini ma'lum qildi

«Inter» hujumchisi Lautaro Martinesning otasi o'g'lining kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«O'g'lim butun qalbini «Inter»ga bag'ishlagan. «Inter» muxlislari ham unga o'z mehrlarini berishdi. U bu klubga juda ko'p narsa berdi. Uning «Inter» bilan rishtalari juda mustahkam», — dedi forvardning otasi.
Lautaro Martines 2018 yilda «Rasing»dan 25 million evro evaziga «Inter»ga o'tgan edi. Uning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi klub miqyosida barcha turnirlarda 41 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Martinesning transfer qiymatini 85 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar