Lautaro Martines Maradonani ortda qoldirdi

Lautaro Martines Argentina terma jamoasi to'purarlari ro'yxatida Diego Maradonani ortda qoldirdi.
"Inter" forvardi JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Venesuelaga (3:0) qarshi o'yinda gol urdi.
Bu gol Lautaroning Argentina terma jamoasidagi faoliyatidagi 33-goli bo'ldi. U bu ko'rsatkich bo'yicha Diego Maradonani ortda qoldirib, beshinchi o'ringa chiqib oldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu natijaga erishish uchun Martinesga 71 ta o'yin kerak bo'ldi. Maradona 84 ta o'yinda 32 ta gol urgan.
Oldinda faqatgina Ernan Krespo (35 gol, 64 o'yin), Serxio Aguero (101 o'yinda 42 to'p), Gabriel Batistuta (54 gol, 78 o'yin) va Lionel Messi (114 gol, 194 o'yin) bormoqda.