Lautaro Martines Italiya Kubogi finalida «Inter»ning imkoniyatlarini baholadi

Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines «Latsio»ga qarshi bo'lib o'tadigan Italiya Kubogi finali haqida o'z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv bugun bo'lib o'tadi. Jamoalarning Seriya Adagi yaqin oradagi bahsi «neradzurri»ning 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlangan edi.
«Biz finalda albatta boshqacha o'yin bo'lishini kutmoqdamiz. «Latsio» — yaxshi o'yinchilarga ega, taktik jihatdan shakllangan jamoa, shuning uchun bizga oson bo'lmaydi. Bu final, sovrin o'rtaga tikilgan — biz oldinda turgan bahsga tayyor bo'lishimiz kerak. Menimcha, ajoyib o'yin bo'ladi. Gap tarix yaratish yoki o'tgan mavsum uchun revansh olish haqida ketmayapti — biz shunchaki imkon qadar ko'proq kuboklarni qo'lga kiritishni istaymiz. Uch yildan beri Italiya Kubogida zafar quchmadik, oldinda atigi bir qadam qoldi. Barcha fikrlarimiz finalga qaratilgan», — dedi jamoa sardori klub kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, «Inter» muddatidan oldin Italiya chempioni degan nomni naqd qilib bo'lgan. Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (payshanbaga o'tar kechasi) boshlanadi.