Lautaro kecha nima uchun maydonga tushmadi?

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines Chempionlar ligasi doirasida "Ayaks"ga qarshi o'yinda maydonga tushmadi.
“Neradzurrilar” sardori butun o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Murabbiy bu haqida gapirdi.
"Lautaro belidagi muammodan aziyat chekmoqda. U bugun o'zini yaxshi his qildi, lekin o'ynay olmadi. Biz unga imkon qadar tezroq yuqori sport formasiga qaytishi uchun dam berishga qaror qildik", - deya milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivuning so'zlaridan iqtibos keltirgan "Inter" matbuot xizmati.