Lautaro "Inter"ning A Seriyadagi beshinchi to'purari bo'ldi

Milanning "Inter" klubi va "Kalyari" o'rtasidagi bahsda hujumchi Lautaro Martines hisobni ochdi. 28 yoshli argentinalik futbolchi o'yinning 9-daqiqasida gol urdi - bu uning "neradzurrilar" safidagi A Seriyadagi 117-goli bo'ldi.
Opta xabariga ko'ra, Martines Sandro Matstsolani ortda qoldirib, "Inter"ning Italiya elita divizionidagi beshinchi to'purari bo'ldi. Ro'yxatda yuqorida faqat Juzeppe Meatstsa (197), Benito Lorentsi (138), Ishtvan Nersh (133) va Alessandro Altobelli (128) bor.