Lautaro Martines Italiya chempionatida «Inter» tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 4-o'ringa chiqdi.

«Neradzurrilar» hujumchisi A Seriya 23-turida «Kremoneze»ga qarshi o'yinning 16-daqiqasida hisobni ochdi (2:0, birinchi taym). Bu argentinalikning chempionatda «Inter» safida urgan 128-golidir. U ushbu ko'rsatkich bilan Alessandro Altobelliga tenglashdi.

«Inter» tarixida A Seriyada undan ko'proq gol urganlar faqat Juzeppe Meatstsa (197), Benito Lorentsi (138) va Stefano Nersa (133).