Bugun O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari Shaxrillo Maxmudov hamda Latviyaning Fan Apps kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Anriys Brenchans bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimiz sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Delegatsiya vakillari Olimpiya shaharchasi infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib, sport texnologiyalari sohasida kelajakdagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.