«Latsio» va «Tottenxem» turkiyalik murabbiy uchun kurashga qo'shildi

«Galatasaroy» bosh murabbiyi Okan Buruk ish joyini o'zgartirishi mumkin. Tuttomercatoweb nashrining xabar berishicha, «Latsio» va «Tottenxem» ushbu mutaxassisga qiziqish bildirmoqda.
Turkiyalik murabbiyning istanbulliklar bilan shartnomasi shu yozda nihoyasiga etadi, shu sababli u boshqa klubga bepul o'tishi mumkin bo'ladi.
Manbaning qayd etishicha, Buruk italyan tilini yaxshi biladi, chunki u o'z vaqtida «Inter» safida uch yil faoliyat yuritgan. «Latsio» rahbariyati ushbu mutaxassisni Mauritsio Sarri o'rnini egallashga qodir deb hisoblamoqda.