«Latsio» ustozi «Napoli» afsonasini jamoasida ko'rmoqchi

3 yillik faoliyatidan so'ng Kanadaning "Toronto" klubini tark etgan va hozirda erkin agent bo'lib turgan vinger Lorentso Insine yana A Seriyaga qaytishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 34 yoshli italiyalikning transferini "Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri shaxsan o'zi istamoqda. Murabbiy Insine jamoa hujumiga kreativlik va tajriba olib kelishiga ishonmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Lorentso Italiyada "Napoli" sharafini himoya qilgan. U neapolliklar uchun 434 ta o'yinda 122 ta gol urib, 95 ta assist bergan.