"Latsio" ustozi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

"Latsio" matbuot xizmati bosh murabbiy Mauritsio Sarri yurak muammolari tufayli operatsiya qilinganini xabar qildi.
66 yoshli murabbiyga atriyal fibrilatsiya (insult yoki qon quyqalariga olib kelishi mumkin bo'lgan tartibsiz yurak ritmi) tashxisi qo'yildi. Murabbiy klinikada operatsiyani o'tkazdi.
Professor Andrea Natale tomonidan amalga oshirilgan protsedura muvaffaqiyatli o'tdi. Sarri yaqin kunlarda klubni boshqarishni davom ettiradi.