"Latsio" sobiq futbolchisi A Seriyaning boshqa jamoasi bilan shartnoma imzoladi

"Verona" Jan-Daniel Akpa-Akpro bilan shartnoma imzoladi.
32 yoshli yarim himoyachi erkin agent sifatida yangi jamoasi safiga o'tdi.
Futbolchi so'nggi ikki mavsumni "Montsa"da ijara asosida o'tkazdi. Akpa-Akpro huquqi "Latsio"ga tegishli edi.
O'tgan mavsumda ivuarlik futbolchi A Seriyada 14ta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmagan.