«Latsio» Mauritsio Sarri va uning murabbiylar shtabi bilan xayrlashganini rasman e'lon qildi

Klub matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda shunday deyiladi:
«Latsio» futbol klubi bosh murabbiy Mauritsio Sarri va uning shtabi bilan Seriya A doirasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganini e'lon qiladi. Klub professional aloqalar to'xtatilganini tasdiqlaydi va mutaxassis hamda uning hamkasblariga kelgusi faoliyatlarida eng ezgu tilaklarini bildiradi».
2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, «Latsio» Italiya A Seriyasida 54 ochko bilan 9-o'rinni egalladi.
Avvalroq Sarri faoliyatini «Atalanta»da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sarrining ketishi Rim klubida yangi davr boshlanayotganidan dalolat beradi. Klub endilikda evrokuboklar zonasiga qaytish uchun yangi nomzodlarni ko'rib chiqishni boshlaydi.