Rimning "Latsio" klubi butun faoliyatini "Milan"da o'tkazgan Paolo Maldinining o'g'li, 24 yoshli yarim himoyachi Daniel Maldini bilan ijara shartnomasi tuzdi. Bu haqda Rim klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Maldini 1 mln evro evaziga "Latsio"ga o'tdi. Ijara shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Shartnoma shartlariga 10 mln evro evaziga sotib olish optsiyasi kiritilgan bo'lib, u rimliklar evrokuboklarga yo'l olgan taqdirda avtomatik ravishda ishga tushadi.

Joriy mavsumda Maldini "Atalanta" safida A Seriyada 9 ta o'yinda maydonga tushdi.