Bugun, 13 may kuni Italiya Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechadigan bahsda «Latsio» va Milanning «Inter» klublari o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ekspertlar bo'lajak finalda «Inter» jamoasini mutlaq favorit sifatida ko'rishmoqda. Tahlillarga ko'ra, Milan klubining asosiy vaqtda g'alaba qozonish imkoniyati 55,6 foizga baholanmoqda. «Latsio»ning muvaffaqiyati esa bor-yo'g'i 17,7 foizni tashkil etmoqda. Asosiy vaqtda durang qayd etilishi ehtimoli — 26,7 foiz.

Umumiy natija, ya'ni qo'shimcha vaqtlar va penaltilar seriyasini inobatga olgan holda, «Inter»ning kubokni qo'lga kiritish imkoniyati 70,7 foiz, «Latsio»niki esa 29,3 foiz etib belgilangan.