Darvozabon Eduardo Motta "Latsio"ga "Rejana"dan ko'chib o'tdi. Rim klubi va 21 yoshli italiyalik posbon uzoq muddatli kelishuvga erishdi.

Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, "Latsio" Edoardo uchun 1,2 million evro to'lagan.

Motta joriy mavsum B Seriyada 20 ta o'yinda maydonga tushdi va 30 ta gol o'tkazib yubordi.