Laporta Yamalning JCh-2026 finaliga tayyorgarligi haqida fikr bildirdi

"Barselona" rahbari Joan Laporta Ispaniya va Argentina o'rtasidagi Jahon chempionati finali arafasida Lamin Yamal haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv bugun bo'lib o'tadi, boshlanishi — Toshkent vaqti bilan 00:00 da. "Barselona"ning 19 yoshli vingeri "qizil furiya" safida asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
"Yamal — daho. Menga uning mentaliteti yoqadi — u bunday mas'uliyatli damlardan cho'chimaydi. U juda jasur va o'z yoshiga nisbatan hayratlanarli darajada barkamol. Ishonchim komilki, u tinch uxlab oladi va finalga xuddi oddiy o'yindek xotirjamlik bilan kirib keladi", — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Lamin Yamal JCh-2026 davomida ettita o'yinda bitta gol muallifi bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar