"Barselona" prezidenti Joan Laport va "Real" rahbari Florentino Peres o'rtasidagi munosabatlar yana yomonlashdi.

Relevo xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" prezidenti Laporta hamda UEFA klublar assotsiatsiyasi va "PSJ" rahbari hisoblangan Nosir Al-Xelayfiyning birgalikdagi suratidan so'ng Florentino Peres kataloniyaliklar bilan munosabatlarni butunlay uzgan.

Avvalroq, Laporta klublarga Superliga loyihasini tark etib, UEFA bilan muloqotga qaytishga chaqirgan edi.