Laporta Ter Shtegenning kelajagi bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.
"Ter Shtegenning biz bilan shartnomasi bor va u o'z ishini a'lo darajada bajarmoqda. Darvozabon pozitsiyasi bizda yopiq - shunday bo'lishi kerak. Ter Shtegen mamnun bo'lsa, biz bilan qoladi," - dedi Laporta RAC1’ga bergan intervyusida.