Laporta: «Messi — o'tmish va hozirgi kun, Yamal — hozirgi kun va kelajak»

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning sobiq etakchisi Lionel Messini Lamin Yamal bilan taqqosladi. Kataloniya klubi rahbari haqiqiy iqtidorlar koni hisoblangan klub akademiyasi bilan maqtanishni ham unutmadi.
«Messi — o'tmish va hozirgi kun, Lamin — hozirgi kun va kelajak. Biz «La Masiya» va «Barsa» bilan faxrlanamiz», — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Messi va Yamal 19 iyul kuni bo'lib o'tadigan Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida bir-birlariga qarshi maydonga tushadilar.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar