Laporta Levandovskining kelajagi borasidagi savolga javob berdi

"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laporta hujumchi Robert Levandovskining klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Polyak futbolchisining amaldagi mehnat shartnomasi iyul oyi boshida o'z nihoyasiga etadi. Mish-mishlar 37 yoshli futbolchini allaqachon boshqa klublar bilan bog'lamoqda, biroq u "ko'k-anorranglilar" safidagi faoliyatini davom ettirishi ham mumkin.
"Levandovskining kelajagi? Men uning "Barselona"da qolishini istardim", — deya Laportaning so'zlarini keltirmoqda Ispaniya ommaviy axborot vositalari.
Yulduzli hujumchi 2022 yildan buyon Kataloniya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda faxriy futbolchi Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 14 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.