«Barselona» prezidenti Joan Laporta Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Atletiko»ga qarshi qarama-qarshilik haqida gapirdi.

Kataloniyaliklar o'z maydonida kechgan bahsda 44-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynashdi va «matraschilar»ga imkoniyatni boy berishdi (0:2). Javob uchrashuvi 14 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Siz kambekka ishonasizmi?

— Albatta, ishonaman. Lekin avval biz «Espanol»ni mag'lub etishimiz kerak, — deya Laportaning javobini keltirmoqda Managing Barca nashri.