Joan Laporta Hansi Flikni Rassell Krou bilan taqqosladi.

Germaniyalik mutaxassis "Barselona"ni 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

"Flik haqiqiy gladiator. U Rassel Krouga o'xshaydi. Haqiqiy topilma, ajoyib murabbiy.

U juda kirishimli - hazilni yaxshi his qiladi.

Xansi juda talabchan - uning rejalarini o'zgartirib bo'lmaydi, chunki u nemis. Lekin shu bilan birga u juda ta'sirchan.

U bilan jamoamizni juda qulay his qilaman, juda mamnunman," - dedi "Barselona" prezidenti Joan Laporta.