Laporta: «Biz Alvares bo'yicha juda yaxshi taklif tayyorladik»

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi haqida izoh berdi.
«Biz Xulian bo'yicha taklif yubordik — endi «Atletiko» qaror qabul qilishi kerak. Bu juda yaxshi taklif, biroq u abadiy kuchda qolmaydi. Flik va Deku Alvaresni jamoamizda ko'rishni xohlashmoqda, ammo «Atletiko» rozi bo'lmasa, biz muqobil variantlar ustida ishlaymiz.
«B» rejamimiz qanday? Boshqa variantlar bor. Deku faqat bitta variant bilan cheklanib qolmaydi — zarur bo'lsa, u eng maqbul yo'lni tanlaydi», — deya jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlarini keltiradi Laporta.
Avvalroq 26 yoshli hujumchi «matraschilar» safini tark etish istagini omma oldida ma'lum qilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar