"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Kamp Nou" nomini o'zgartirish g'oyasi haqida fikr bildirdi.

"Biz stadionga Messi nomini berishni rejalashtirmayapmiz. Menimcha, bu to'g'ri bo'lmaydi. "Kamp Nou" hozirgi nomini saqlab qoladi", - deya Laportaning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

Lionel Messi 2021-yilda shartnomasi tugagach, klubni tark etgan. 2023 yil yozidan beri argentinalik yulduz AQShda "Inter Mayami" safida o'ynab kelmoqda.