"Lans" futbolchisi 2019 yildan buyon ilk bor Frantsiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

"Lans" hujumchisi Floryan Toven Frantsiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi oktyabr oyidagi o'yinlari uchun kengaytirilgan ro'yxatiga kiritildi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Toven 2019 yil iyun oyidan beri birinchi marta Frantsiya terma jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega: Floryan terma jamoadagi so'nggi o'yinida Andorra darvozasiga gol urgandi. Frantsiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasi 2 oktyabr, payshanba kuni e'lon qilinadi.
Oktyabr oyida Frantsiya terma jamoasi o'z maydonida Ozarbayjonni qabul qiladi (10 oktyabr) va Islandiya mehmoni bo'ladi (13 oktyabr). Ayni paytda Frantsiya terma jamoasi 6 ochko bilan D guruhida peshqadamlik qilmoqda.