Langle «Atletiko»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

Madridning «Atletiko» klubi yozgi transfer oynasida markaziy himoyachi Kleman Langle bilan xayrlashishi mumkin. Klub frantsuz futbolchisini qo'yib yubormoqchi, biroq futbolchining o'zi jamoadan ketish niyatida emas.
30 yoshli futbolchining shartnomasi yakunlanishiga hali ikki yil bor. Agar unga juda jozibali taklif tushmasa, u yaqin orada jamoasini o'zgartirmoqchi emas.
Kleman Langle bir yil oldin «Barselona»dan «Atletiko»ga erkin agent maqomida o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda tajribali himoyachi Diego Simeone jamoasi safinda barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.