"MYu"ga yangi kelgan Senne Lammensning akasi Tom ushbu transfer haqida fikr bildirdi. Lammens 21 million evro evaziga "Antverpen"ni "Manchester Yunayted"ga almashtirdi.

"Avvaliga men transferga shubha bilan qaradim, chunki ko'plab o'yinchilar u erda bosimga berilib, o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon qila olishmadi," - deya Tom Lammensning so'zlarini keltiradi Nieuwsblad portali. Lammensning akasiga ko'ra, darvozabonga "Galatasaroy" faol qiziqish bildirgan.

"U erda sovrinlar uchun o'ynashadi va u darhol Chempionlar ligasida o'zini ko'rsatishi mumkin edi. Ammo oxir-oqibat qarorni uning o'zi qabul qilishi kerak edi. Klub avvalgi shon-shuhratini qaytara olsa va Senne bunga o'z hissasini qo'sha olsa, juda yaxshi bo'lardi."

Senne Lammens 23 yoshda.