Lamin Yamal yangi rekord o'rnatdi

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal JCh–2026da o'ziga xos rekord qayd etdi.
Frantsiya ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g'alabadan so'ng Yamal ajoyib seriyasini davom ettirdi. Bu uning jahon va Evropa chempionatlarida Ispaniya terma jamoasi asosiy tarkibida maydonga tushgan 12-uchrashuvi bo'ldi. E'tiborlisi, ushbu o'yinlarning barchasida ispaniyaliklar g'alaba qozongan.
Shu tariqa, Lamin Yamal Evropa futbolchilari orasida jahon va Evropa chempionatlarida asosiy tarkibda maydonga tushib, eng uzoq — 12 o'yinlik yuz foizlik g'alabalar seriyasiga ega futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, JCh–2026 finalida Ispaniya Angliya — Argentina yarim finali g'olibiga qarshi maydonga tushadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. U 2022 yilgi mundial finalida Frantsiyani (3:3, penaltilar seriyasida — 4:2) mag'lub etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar