Lamin Yamal uyidagi o'zi uchun eng qadrli narsa nima ekanligini aytdi

Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal uyida saqlanayotgan eng qimmatbaho buyumni aytdi.
"Uyimdagi eng qimmatli narsa? Bu Frantsiya terma jamoasi bilan o'yinda men kiritgan to'p", - deydi 18 yoshli vinger o'zining YouTube’dagi kanalida.
Eslatib o'tamiz, Lamin Evro-2024 yarim finalida Frantsiya darvozasini ishg'ol qilgandi. O'sha turnirda Ispaniya terma jamoasi finalda inglizlarni mag'lub etib (2:1), g'olib bo'ldi.
Umumiy hisobda Yamal "qizil furiya" safida 23 ta o'yin o'tkazgan. U 6 ta gol va 12 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.