Lamin Yamal, Pedri, Olmo va Kubarsi «Barselona» bilan mashg'ulotlarni boshladi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoa mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
«Lamin Yamal qaytdi. Uyga xush kelibsan, jahon chempioni!» — deyiladi «Barselona»ning futbolchi surati ostidagi xabarida.
Shuningdek, Dani Olmo, Pau Kubarsi va Pedri ham jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladi.
Qayd etilishicha, ko'plab futbolchilar jahon chempionatida ishtirok etgani sabab 2026/27 yilgi mavsumga tayyorgarlikni odatdagidan kechroq boshlamoqda.
«Barselona» yangi La Liga mavsumidagi ilk uchrashuvini 23 avgust, yakshanba kuni o'tkazadi. Xans-Diter Flik shogirdlari safarda «Elche»ga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar