Lamin Yamal: "Neymar bilan suratga tushish uchun har qanday ishni qilardim"

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o'ziga o'xshashni istagan bolalarning hissiyotlarini juda yaxshi tushunishini aytib o'tdi.
"Men ularni hammadan ko'ra yaxshiroq tushunaman. Qachonki kichkina bolani ko'rsam, bilamanki, u o'z xayolida o'z kumirini ko'rmoqda. U sizning o'sha kuni kayfiyatingiz yo'qligini yoki hozir to'xtashingiz kerakligini tushunmaydi.
Bolaligimda mening kumirim Neymar edi va men u bilan suratga tushish uchun jonimni berishga tayyor edim. Neymar bilan suratga tushish uchun har qanday ishni qilardim. Agar menga poezdda Rossiyaga borishing kerak, deyishganida, men poezdda Rossiyaga borardim.
Men ularni tushunaman, chunki ular faqat o'z kumirlari haqida o'ylashadi va ularga o'xshashga intilishadi", — dedi Yamal Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.