Lamin Yamal karerasidagi eng yomon o'yinni aytdi

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal futbolchilik faoliyatida hozirgacha bo'lgan eng yomon o'yini qaysi bo'lganini aytdi.
«Faoliyatimdagi eng yomon o'yinim, Portugaliyaga qarshi o'yin», - deb Goal portali jurnalisti savoliga javob berdi 18 yoshli superyulduz.
Millatlar Ligasi finalida Ispaniya terma jamoasi Portugaliyaga qarshi to'qnash kelib, penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan edi - 2:2, penaltilar - 5:3. Ushbu o'yinda Nunu Mendesh Yamalni to'liq zararsizlantirishni uddalagan.