«Barselona» vingeri Lamin Yamal Chempionlar ligasi rekordini yangiladi. U 1/8 final doirasida «Nyukasl»ga qarshi kechgan javob o'yinida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yamal birinchi bo'lim yakunida penaltini aniq amalga oshirdi.

Endilikda Yamal hisobida EChLdagi 10 ta gol mavjud. U ushbu marraga erishgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Bugun Lamin 18 yoshu 248 kunlik. U 2017 yilda o'zining 10-golini 18 yoshu 350 kunligida kiritgan Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Tarixda hali hech kim 19 yoshga to'lguniga qadar Chempionlar ligasida 10 bor raqiblar darvozasini ishg'ol eta olmagan edi.


EChLda 10 ta golga erishgan eng yosh futbolchilar:

O'rin Futbolchi Yoshi Yil
1 Lamin Yamal 18 yosh 248 kun 2026
2 Kilian Mbappe 18 yosh 350 kun 2017
3 Erling Xoland 19 yosh 212 kun 2020