Lamin Yamal - dunyoning eng qimmat futbolchisi (Transfermarkt)

Nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarda dunyodagi eng qimmat futbolchilar reytingini e'lon qildi. Bu ekspertlar o'yinchilarning narxlarini yangilaganidan keyin sodir bo'ldi.
Dunyoning eng qimmat futbolchisi maqomini Lamin Yamal saqlab qoldi. "Barselona"ning 18 yoshli vingeri 200 million evroga baholanmoqda.
Ikkinchi o'rinni birdaniga uch nafar futbolchi - Jud Bellingem, Erling Xoland va Kilian Mbappe bo'lishib turibdi. Ularning narxi 180 million evroni tashkil etadi.
Keyingi o'rinlarda Vinisius Junior (150 million evro), Jamal Musiala (140), Pedri (140), Bukayo Saka (140), Aleksandr Isak (140) va Florian Virts (130) bormoqda.