Hech kim raqiblarini Lamin Yamal kabi tez-tez aldab o'tmayapti.

«Barselona» vingeri «Malorka»ga qarshi o'yinda (3:0) 100 ta muvaffaqiyatli dribling ko'rsatkichiga erishdi. Ushbu natija bilan u Evropaning eng kuchli beshta ligasida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Ikkinchi pog'onada esa «Manchester Siti» a'zosi Jeremi Doku bormoqda, uning hisobida 62 ta muvaffaqiyatli aldamchi harakat mavjud.