Lam: "Virtsdan umuman xavotirda emasman"

Germaniya terma jamoasining taniqli sobiq futbolchisi Filipp Lam Florian Virts haqida gapirdi.
Iyul oyida 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi 125 million evro evaziga "Bayer"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.
"Men Virtsdan umuman xavotirda emasman, chunki u ajoyib, fantastik o'yinchi, u jamoadoshlarini yaxshiroq vaziyatlarga chiqaradi.
Sifat va daraja har doim ustun bo'ladi", - dedi Lam.