Germaniya terma jamoasining sobiq sardori Filipp Lam bo'lajak jahon chempionati finali haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Hal qiluvchi o'yinda ispanlar va argentinaliklar o'zaro to'qnash kelishadi.

«Ispaniya butun dunyoga ta'sir o'tkazayotgan etakchi futbol madaniyatini namoyon etmoqda. Argentina esa o'z o'ziga xosligiga ega, shuning uchun ushbu final ideal to'qnashuvdek ko'rinmoqda», — deb yozdi Lam The Guardian nashridagi o'z kolonkasida.

«Ispaniya o'ziga sodiq qolishi va faqat bir futbolchigagina chalg'ib qolmasligi kerak. Gap Messi haqida ketayotgan bo'lsa ham, o'z o'yinini unutib qo'yish yaramaydi», — deya ta'kidladi ekspert.

Manba: Stadion.uz