Ispaniya La Ligasida to'p surayotgan yulduzlarning yangilangan maoshlari haqidagi ma'lumotlar keng jamoatchilik e'tiboriga havola etildi. Ro'yxatda kutilganidek «Real Madrid» va «Barselona» vakillari etakchilik qilmoqda.

Reytingning eng yuqori pog'onasini «Real Madrid»ning ikki superyulduzi — Vinisius Junior va Kilian Mbappe egallab turibdi. Har ikki futbolchi haftasiga naq 616 000 evro maosh olmoqda. Bu ko'rsatkich bilan ular nafaqat Ispaniyada, balki butun Evropada eng ko'p haq oluvchi o'yinchilar qatoridan joy olishgan.

Eng yuqori maosh oluvchi beshta futbolchining ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan:

1-2. Vinisius Junior («Real Madrid») — 616 000 €/hafta
1-2. Kilian Mbappe («Real Madrid») — 616 000 €/hafta
3. David Alaba («Real Madrid») — 434 000 €/hafta
4. Robert Levandovski («Barselona») — 399 000 €/hafta
5-6. Jud Bellingem («Real Madrid») — 385 000 €/hafta
5-6. Yan Oblak («Atletiko Madrid») — 385 000 €/hafta

Shuningdek, «Atletiko» posboni Yan Oblak ham Bellingem bilan bir xil maosh olayotgani qayd etilgan.

E'tiborli jihati shundaki, «Barselona»ning 18 yoshli iqtidori Lamin Yamalning maoshi ham yulduzlar darajasiga ko'tarildi. Hozirda yosh vinger haftasiga 307 000 evro ishlab topmoqda.