La Ligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga da'vogarlar ro'yxati e'lon qilindi

Xabi Alonso va Xans-Diter Flik La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da'vogarlik qilmoqda.
Alonso sentyabr oyida Ispaniya chempionatida uchta o'yinda uchta g'alabaga erishgan bo'lsa, Flik ikkita o'yinda ikkita g'alabaga erishgan.
Shuningdek, bu oyda durang va g'alabaga erishgan "Elche" ustozi Eder Sarabiya ham sovringa da'vogarlik qilmoqda.
Avgust oyi yakunlariga ko'ra, mukofotni uchta o'yindan uchtasida g'alaba qozongan Alonso qo'lga kiritgandi.