"Real" La Liganing 20-turidan keyin "Barselona" bilan oradagi farqni qisqartirdi.

Alvaro Arbeloa jamoasi shanba kuni "Levante"ni mag'lub etgan bo'lsa (2:0), Xansi Flik jamoasi bugun "Sosedad"ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Kataloniyaliklar 49 ochko bilan 1-pog'onada qoldi. "Real" farqni minimal darajaga keltirdi. "Vilyarreal" va "Atletiko" 41 ochkodan to'pladi, birinchisida zaxira o'yini bor.

Manba: www.stadion.uz.