"Barselona" La Ligada 21 o'yindan keyin peshqadamlikni saqlab turibdi.

Kataloniyaliklar ochkolarini 52taga etkazib, "Ovedo"ga (3:0) qarshi o'yindan keyin "Real"ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

Uchinchi o'rinda 44 ochkoga ega "Atletiko" bormoqda. "Vilyarreal" 41 ochko va bitta zaxira o'yini bilan 4-o'rinni egallab turibdi.

Top-6dan "Espanol" (34) va tur o'yinini keyinroq o'tkazadigan "Betis" (32) ham o'rin olgan.