Ispaniya La Ligasining 16-turida "Atletiko" o'z maydonida "Valensiya"ni mag'lub etdi - 2:1.

Uchrashuvning 17-daqiqasida hisobni mezbonlar yarim himoyachisi Koke ochdi. 63-daqiqada mehmonlar Lukas Beltranning goli evaziga javob qaytardi.

Madridliklarga g'alaba keltirgan golga 74-daqiqada Antuan Grizmann mualliflik qildi.

"Atletiko" (34) ikki mag'lubiyatdan iborat seriyasiga barham berib, La Ligada to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Valensiya" turnir jadvalida 15 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.

La Liga. 16-tur

13 dekabr, 18:00. «Tsivitas Metropolitano»

Atletiko - Valensiya - 2:1

Gollar: Koke, 17 (1:0). Beltran, 63 (1:1). Grizmann, 74 (2:1)

Atletiko: Oblak, Gantsko, Pubil, Rudjeri, Molina (Le Norman, 46), Koke, Barrios (Gallaxer, 59), Gonsales (Almada, 59), Simeone, Serlot, Alvares (Grizmann, 59)

Valensiya: Agirresabala, Kopete, Eray Djemert (Santamariya, 71), Vaskes (Xose Gayya, 82), Fulke, Pepelu (Ramazani, 82), Ugrinich (Gerra, 72), Andre Almeyda I, Korreya, Duro, Diego Lopes (Beltran, 55)

Ogohlantirishlar: Pubil, 32. Serlot, 42. Almada, 90 - Duro, 88

Manba: www.stadion.uz.